Kaliforniya universiteti olimlari to'yib uxlamaslikning yangi salbiy oqibatlarini aniqlashdi
Kaliforniya universiteti olimlari to'yib uxlamaslikning yangi salbiy oqibatlarini aniqlashdi
Tadqiqot davomida olimlar o'n yil davomida 50 yosh va undan katta yoshdagi deyarli to'qqiz ming kishining kognitiv funksiyalarini o'rganishdi. Tadqiqotda ishtirok etganlarning uyqu bilan bog'liq odatlari va jismoniy faollikning turli kombinatsiyasi ularning aqliy qobiliyatiga qanday ta'sir qilishi mumkinligi baholandi.
Tahlil shuni ko'rsatdiki, ko'proq jismoniy faol bo'lgan, lekin o'rtacha olti soatdan kam uxlagan odamlarda kognitiv qobiliyatning pasayishi tezroq yuzaga kelgan. Oldingi tadqiqotlar jismoniy mashqlar kognitiv qobiliyatni yaxshilashi mumkinligini ko'rsatgandi.
Biroq endi odam kuniga olti soatdan sakkiz soatgacha uxlasagina bu holat sodir bo'lishi o'z isbotini topdi. Bundan tashqari, bunday korrelyatsiya faqat 50 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan yosh guruhida kuzatilgan. 70 yosh va undan katta yoshdagi ishtirokchilarda jismoniy faollikning aqliy qobiliyatga foydasi hatto qisqa uyquda ham saqlanib qolgan.