Vobkentda oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi

Vobkentda oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi
Tumanda aholi salomatligini mustahkamlash va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida “So‘fidehqon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 50 qatnovli zamonaviy oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi. 
Mazkur tibbiyot muassasasi zamonaviy diagnostika uskunalari va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan bo‘lib, mahalliy aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatadi.Shuningdek, shifokorlar aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, profilaktik ko‘riklar va emlash ishlarini tizimli ravishda olib borishga alohida e’tibor qaratadilar.
Tibbiyot muassasasida pediatriya, terapiya, stomatologiya va laboratoriya bo‘limlari tashkil etilgan bo‘lib, bu aholiga keng qamrovli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Bundan tashqari, muassasa hududida barcha zaruriy sanitariya-gigiyena sharoitlari yaratilgan.
Mahalliy aholi yangi tibbiyot muassasasining ochilishi bilan o‘z hududlarida zamonaviy tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu esa nafaqat tibbiy xizmat sifatini oshirishga, balki aholining umumiy salomatligini yaxshilashga ham xizmat qiladi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 600 million so‘mni tashkil etadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-