“Komandirochniy” qanday hollarda to‘lanadi. Agarda to‘lanmasa qayerga murojaat qilish kerak

“Komandirochniy” qanday hollarda to‘lanadi. Agarda to‘lanmasa qayerga murojaat qilish kerak
Mehnat kodeksining 290-moddasi Ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishda xodimlar uchun kompensatsiya to‘lovlari haqida,
    Unga ko‘ra: Agar ish beruvchining yo‘llanmasi bo‘yicha xodimning kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o‘tishi boshqa joyga ko‘chishni talab qilsa, xodimga o‘qish joyiga borish va qaytib kelish, shuningdek uy-joyni ijaraga olish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
 Jamoa shartnomasida yoki ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan ichki hujjatda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan xodimlarga yashash joyidan tashqarida yashaganlik uchun kompensatsiya (sutkalik) to‘lovi belgilanishi mumkin.
     Sizga ish beruvchi borish va qaytish uchun yo‘l harajatlari va turar joy ijara to‘lovlari to‘lab berishi kerak. Agar ish beruvchi ushbu to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortsa, Adliya bo‘limiga yoki prokuraturaga ariza berishingiz kerak. Ular holatni o‘rganib chiqib sizga yo‘l va ijara uchun harajatlaringizni qoplashda amaliy yordam beradi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-