Yangi rahbar, yangi ishonch: Shofirkonning “Do‘rman” mahallasida saylov boʻlib oʻtdi

Yangi rahbar, yangi ishonch: Shofirkonning “Do‘rman” mahallasida saylov boʻlib oʻtdi
Barchamizga maʼlumki, 2025-yilning may–iyun oylarida O‘zbekiston bo‘ylab mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari saylovi bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Ushbu jarayon fuqarolarning o‘z mahallalarida o‘zgarishlar qiloladigan, jamoatchilik ishonchini qozongan, halol va fidoyi nomzodlarni tanlashiga xizmat qilmoqda. Saylovlarning ochiqligi, adolatliligi va fuqarolik faolligini ta’minlash asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda.
Shofirkon tumanidagi “Do‘rman” mahallasida o‘tgan saylov aynan shunday demokratik ruhda, faol ishtirok va konstruktiv bahs-munozaralar bilan o‘tdi. Saylov oldidan vakillar nomzodlarning dasturlari bilan tanishib chiqdilar. Ularda mahalla ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, yoshlarga e’tibor, infratuzilma muammolarining hal etilishi kabi masalalar o‘z aksini topdi.
Ovoz berish jarayonida vakillar o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz berishdi. Saylovda faollik yuqori bo‘lib, fuqarolarning o‘z kelajagiga befarq emasligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi – bu jamiyatning eng quyi bo‘g‘inida aholi bilan bevosita ishlovchi, muammolarni joyida hal etishga harakat qiluvchi muhim shaxsdir. Shu sababli, ushbu saylovlar nafaqat jamoa manfaatini, balki davlat va jamiyat barqarorligini ta’minlash yo‘lida ham muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-