Vobkent tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlarinig bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi
Seminarni Buxoro viloyati OITS ga qarshi kurash markazining malakali mutaxassislari A.Sharipov va O.Boltayevlar o‘tkazishdi. Unda Vobkent TTB ning barcha katta va kichik hamshiralari ishtirok etishdi. Seminarni Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori o‘rinbosari S.Rajabov ochib, kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bilan seminar qatnashchilarini tanishtirishdi. Tadbir davomida OIV infeksiyasi haqida video film, roliklar namoyish etildi.
Kasallikdan saqlanish va uning oldini olish haqida ma’lumotlar berildi. Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘gri va aniq javob olishdi. Seminarda 215 ta tarqatma materiallari tarqatildi.
