Mahalliy Kengashlarning yangi vakolatlari haqida ma’lumotga egamisiz?
“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF-71-son, 21.04.2025y.) qabul qilindi.
📃 Farmonga ko‘ra Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari tomonidan korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
🔷 Har oyda bitta yo‘nalishda korrupsiyaviy omillarni aniqlab, mahalliy kengashlar sessiyalariga masala kiritish;
🔷 Sessiya muhokamalaridan keyin Oliy Majlis palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul qo‘mitalariga taklif kiritib borish vakolati berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish umummilliy vazifa ekanligi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘nalishida;
🔷Har oyning ohirgi haftasida Saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalar ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
🔷Uchrashuvlarda tinchlik va barqarorlikni qadrlash, to‘y-hasham, ma’raka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, halollik, shukronalik bilan hayot kechirish muhimligiga alohida e’tibor qaratish ta’kidlab o‘tilishi lozimligi belgilandi.