Ramazon hayiti munosabati bilan 10, 11, 12, 13-aprel kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Ramazon hayiti munosabati bilan 10, 11, 12, 13-aprel kunlari Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 10, 11, 12, 13-aprel kunlari 775/776-sonli Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi
Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi
Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Qo‘shimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilsa bo‘ladi. 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-