O‘zbekistondan 16 ta qadimgi haykalchalarni chetga olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Toshkent viloyatida madaniy boyliklarni yashirincha olib chiqishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Aytilishicha, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi 678-I-son qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqish mumkin emas.
Mamlakatdan qo‘shni mamlakatga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi natijasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda bojxona xodimiga ma’lum qilinmagan qiymati 41 million so‘mlik 16 dona turli shakldagi haykalchalar borligi aniqlandi.
Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra 8 dona chinnidan yasalgan haykalchalar o‘tgan asrning boshlarida yaratilgan san’at namunalari ekani aniqlanib, respublika hududidan olib chiqilishi taqiqlangan madaniy boyliklar sirasiga kirishi tasdiqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.