Toshkent Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Toshkent Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Transport vazirligi Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga (”Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslar “Mashinasozlar metro bekati—Chorvoq” yo‘nalishida har kuni uchta grafik asosida harakatlanadi. Qatnov masofasi 75 kilometr bo‘lgan yo‘nalishda yo‘lovchilar belgilangan manzilga 1 soat 10 daqiqada yetib boradi.

Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 7:00, 13:00 va 18:00 da jo‘naydi. Chorvoqdan esa 6:00, 11:00 va 16:00 harakatlanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-