Buxoroda koʻprik va uning ustida harakatlanoytgan yuk mashina qulab tushdi

Buxoroda koʻprik va uning ustida harakatlanoytgan yuk mashina qulab tushdi
Ijtimoiy tarmoqlar Buxoro viloyati Jondor tumanida koʻprik sinishi oqibatida yuk mashinasi daryoga qulab tushgani toʻgʻrisidagi xabar tarqadi.
Jondor tuman hokimligi matbaot xizmatining xabar berishicha, Jondor tumani Zarafshon daryosidagi koʻprik qulab tushgan. Buning oqibatida koʻprik ustida harakatlanayotgan yuk mashinasi daryoga tushib ketgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar yoʻq.
“Jondor tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holat boʻyicha oʻrganishlarni olib bormoqda. Ishchi guruhning yakuniy natijasi boʻyicha batafsil maʼlumot beriladi”, deyiladi matbuot xizmati bergan maʼlumotda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-