Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi

Kadastr agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab
“9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.
Mazkur sana munosabati bilan Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi o‘tkazildi.Tanlov korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g‘oyalarini o‘rganish maqsadida tashkil qilindi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan videoroliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga taqdim etilib, Kadastr agentligi direktorining buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan 20 dan ortiq videoroliklar mavzu dolzarbligi, g‘oyaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqildi hamda yakuniy xulosalarga ko‘ra finalga munosib deb topilgan 10 ta videoroliklar saralab olindi.
Yoshlar ishlari agentligi binosida o‘tkazilgan final bosqichida har bir ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan videorolikning taqdimotini ham o‘tkazishdi. 
Shundan so‘ng, Kadastr agentligi rahbariyati, tegishli hamkor tashkilotlari: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari hamda taniqli kino va san’at namoyondalaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati ijodiy ishlarni 10 ballik me’zonda baholashdi.
Yakunda sovrinli o‘rinlardan tashqari, “Eng yaxshi g‘oya muallifi”, “Eng yaxshi ijodiy ish muallifi”, “Eng yaxshi ssenariy muallifi”, “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi montaj ishi” hamda “Faol ishtiroki uchun” nominatsiyalarda g‘oliblar ham aniqlandi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-