Sirdaryo viloyatining ikki tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Guliston tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, sessiyada deputatlar tomonidan O‘lmas Mamadaminov nomzodi Guliston tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
O‘lmas Mamadaminov 1976-yilda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Shuningdek, Oqoltin tumani hokimi lavozimiga shu kunga qadar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni rahbari vazifasida ishlab kelayotgan Komil Ernazarov nomzodi tasdiqlangan.
Komil Ernazarov 1984-yil Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini viloyat moliya boshqarmasida yetakchi iqtisodchi sifatida boshlab, turli yillar davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, sobiq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi hamda viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida faoliyat yuritgan.