O‘zbekiston bo‘ylab hospislar tashkil etish taklif etilmoqda
2024-yil oxirigacha ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan xospislar tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu – 2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga kiritilgan.
Hospislarda og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatiladi.
Davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, hospislarni tashkil etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatiga doimiy ko‘maklashish loyihalari uchun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan grantlar eʼlon qilib borish va moliyalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.