Navoiyda rus tili o‘qituvchisi o‘quvchilarini kaltakladimi?

Navoiyda rus tili o‘qituvchisi o‘quvchilarini kaltakladimi?
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi. 
Aniqlanishicha, 2024-yilning 1-fevral kuni Navoiy shahrida joylashgan 18-sonli maktab o‘qituvchisi M.Sh. dars jarayonida 9-sinfning 2 nafar o‘quvchilari A.A. va Sh.B. larni kaltaklagan.
O‘quvchilardan biri A.A va uning onasi U.D. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘qituvchi M.Sh. ga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Jarohat olgan o‘quvchilarga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi o‘tkazilishi tayinlangan.
Yana bir bor ta’kidlaymiz, bolalarga nisbatan sodir etilgan hech bir zo‘ravonlik holati javobsiz qolishi mumkin emas.
Bolalar ombudsmani mazkur fakt yuzasidan bolaning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan o‘z kuzatuvini qat’iy davom ettiradi.  Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-