Endi zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz ajrashish huquqi berilishi kutilmoqda
O‘zbekiston zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi va Oliy sud bilan birgalikda ikki oy muddatda jinoiy oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, ya’ni, sud mahalladagi xotin-qizlar faolining fikrini inobatga olgan holda er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga imkoniyat yo‘q deb topsa, ishni ko‘rishni keyinga qoldirmasdan hamda yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qilish qarorini chiqarishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Qonunchilik palatasiga kiritishi lozim.
Qonun loyihasida sudda uy-joyga majburan kiritish bilan bog‘liq da’volar ko‘rilayotganda, uy egasining talabiga ko‘ra majburiy tartibda kiritilayotgan taraf uy egasiga tegishli mutanosib sharoitga ega boshqa yashash joyiga yoki uy egasi tomonidan ijara haqi to‘lab turiladigan yashash joyiga kiritib qo‘yish imkoniyati ham ko‘zda tutilishi lozim.
Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga, shuningdek, yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlardan nogiron farzandlar tug‘ilishi xavfi to‘g‘risida amaliyot va xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda, bunday nikohlar kelajak avlod salomatligi uchun salbiy ta’sir etadigan bo‘lsa, yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan taklif kiritish topshirildi.