Samarqandda Davlat kadastrlar palatasi filiali xodimi 12,5 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi

Samarqandda Davlat kadastrlar palatasi filiali xodimi 12,5 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushdi
Samarqand viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan Oqdaryo tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi Oqdaryo tuman filiali xodimi 39 yoshli T.D. fuqarodan u tomonidan sotib olinayotgan Oqdaryo tumani “Paxtaobod” mahallasida joylashgan turar joy toifasidagi 0,30 gektar yer maydonini noturar toifaga o‘tkazib berish hamda kelgusida uning nomiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u 19,2 million so‘m miqdorida pul talab qilib, Davlat kadastrlar palatasi Oqdaryo tuman filiali binosidagi o‘z xizmat xonasida 12 million 550 so‘m kimyoviy ishlov berilgan pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-