Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i qo'lga tushdi

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan bo‘lim boshlig‘i qo'lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.Z. fuqaro R.A.ning Nukus shahridagi noturar binosi kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 5 mln so‘mini qo‘lga kiritib, yana 1,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 
Shuningdek, N.Z.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Kadastr agentligining Mo‘ynoq tuman bo‘limi boshlig‘i S.A. fuqaro R.A.ning noturar binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga N.Z. orqali qo‘lga kiritgan 5 mln so‘mni qaytarib berayotgan vaqtida ushlanib, ushbu bino kadastr hujjatlari va 5 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.  
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-