Nodavlat bog‘cha va maktab ochish uchun 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berilishi mumkin
Nodavlat bog‘cha va maktab ochish uchun 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasi joylashtirildi.
Unga koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:
- nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga 7 foizlik stavkada 10 yil muddatga kredit berish amaliyoti yoʻlga qoʻyish;
-yuridik shaxslarning maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotini qurishga sarf etiladigan xarajatlari barcha soliqlardan toʻliq ozod etish;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya olish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etish;
- umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Yiliga 500 ming oʻquvchi oʻrni” dasturi amalga oshirilsin va uning doirasida 2023/2024-oʻquv yilida 500 ming yangi oʻquvchi oʻrni tashkil etish taklif etilmoqda.