Bog‘chaga to‘lanadigan to‘lovlar qachon to’lanishi kerak va to‘lovlarni vaqtida to’lamaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. Oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lovlar esa, bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to‘lanadi. Bunda to‘lovlar bolaning shu oyda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydigan (maktab-internatida bo‘ladigan) kunlarga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Ota-onalar tomonidan to‘lovlarni belgilangan miqdorda va/yoki muddatlar o‘tgach 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmaganlik bolaning bog‘chada bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.
Bog‘chaga amalga oshirilmagan to‘lov 60 kun ichida to‘lab berilganda, bolani tegishli bog‘chaga tiklash majburiy tartibda amalga oshiriladi. Mazkur muddat o‘tib ketgan taqdirda, bog‘chaga bolani tiklash yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-