Telegramga yangi funksiya qo'shildimi?
Telegramga yangi funksiya qo'shildimi?
“Telegram” foydalanuvchilari endi o‘z xabarlari qachon o‘qilganligini bilib olishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi messenjer blogida.
Qayd etilishicha, o‘qish vaqti opsiyasi 100 kishigacha bo‘lgan chat-guruhlarda mavjud bo‘ladi, agar administrator tomonidan cheklab qo‘yilmagan bo‘lsa. Bundan tashqari, messenjer animasiya va vizual effektlarni o‘chirib qo‘yuvchi quvvatni tejash rejimini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, taklif havolalarini oldindan ko‘rish va bot tavsiflarini turli tillarga tarjima qilish mavjud bo‘lgan.
“Telegram” ilovalari Android, iOS, Windows, macOS va GNU/Linux operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun mavjud. 2022-yil iyun oyida u eng ko‘p yuklab olingan ilovalar beshligiga kirdi va uning doimiy foydalanuvchilari soni 700 milliondan oshadi.
Loyiha ijtimoiy tarmoq asoschisi Pavel Durov tomonidan yiliga qariyb 13 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtiriladi.