Sakkiz yoshli qizaloq qo‘lida smartfon portlab ketishi natijasida vafot etdi

Sakkiz yoshli qizaloq qo‘lida smartfon portlab ketishi natijasida vafot etdi
Sakkiz yoshli qizaloq qo‘lida smartfon portlab ketishi natijasida vafot etdi

Hindistonda sakkiz yoshli Adityashri Kumar kechasi mamlakat janubidagi Tiruvilvamala qishlog‘idagi o‘z uyida Redmi 5 Pro smartfoni portlab ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Asiana News xabar bermoqda.
«Sud-tibbiyot ekspertizasi voqea sodir bo‘lgan paytda telefon quvvatlanmaganini ko‘rsatdi. O‘limga mobil qurilma ichidagi batareyaning haddan tashqari qizib ketganligi sababli portlashi sabab bo‘lgan.
Sakkiz yoshli qizaloqning otasi Ashok Kumarning aytishicha, fojia yuz bergan vaqtda uyda buvisi qizi bilan birga bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, qizib ketish smartfon ko‘rpacha ichida bo‘lganligi sabab yuzaga kelgan.
Buvining polisiyaga aytishicha, voqea sodir bo‘lgan vaqtda bola yopinchiq ostida yotib, smartfon o‘ynagan. Oshxonada bo‘lgan ayol portlash ovozini eshitib, to‘shakda yaralangan nabirasiga ko‘zi tushgan.
Portlagan mobil telefonning akkumulyatori bukilib ketgan.  
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-