Lionel Messi 8 - marta “Oltin toʻp” sohibiga aylandi
Argentinalik 36 yoshli hujumchi oʻtgan mavsumda jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 2023-yilgi “Oltin toʻp” mukofotini qoʻlga kiritdi.
Argentinalik 36 yoshli hujumchi oʻtgan mavsumda jahon chempionatida zafar quchdi va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.
Shuningdek, Leo “PSJ” safida Liga 1da chempion boʻldi, Mayami klubi bilan MLS Liga Kubogida gʻolib chiqdi.
Shu tariqa Messi faoliyatida 8-bor jahonning eng yaxshi oʻyinchisiga aylandi. Bu — rekord.
Top-5dan “PSJ”ning fransiyalik vingeri Kilian Mbappe (2), “Manchester Siti”ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand (3), belgiyalik havbeki Kevin de Bryuyne (4) va ispaniyalik tayanch yarimhimoyachisi Rodri (5) ham oʻrin oldi.
Комментарии (1)