Toshkent viloyatida 12 yoshli qizga SMSlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilgan 59 yoshli erkakka sud hukmi o‘qildi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida 12 yoshli qizga SMS xabarlar yozib, shahvoniy shilqimlik qilib kelgan 59 yoshli erkak besh sutkaga qamaldi.
Aniqlanishicha, 5-fevral kuni 12 yoshli A.U. maktabdan chiqib, mashina to‘xtatgan. Shunda N.A. qizni uyiga olib borib qo‘yish davomida telefon raqamini qo‘lga kiritgan. U qizga turli SMS xabarnomalar yozib, shahvoniy shilqimlik qilgan. Qizning otasi bundan xabar topib, ichki ishlarga murojaat qilgan.
Sudda N.A. aybiga iqrorlik bildirib, yomon niyati bo‘lmaganini va qilmishidan pushaymonligini aytib, yengillik so‘radi. Shilqimlik qilgan erkak Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1 moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.