Toshkentda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi

Toshkentda oilali ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan konduktor qamaldi
4 mart kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida yo‘lovchi ayolga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilgan 9t-sonli avtobusning chiptachisiga sud hukmi o‘qildi.
Sud majlisida ayol 9t-sonli avtobusda chiptachi vazifasida ishlab kelayotgan 1996 yilda tug‘ilgan I.A. unga bir necha marotaba sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan gaplarni aytgani, unga oilasi borligini aytishiga qaramasdan, birga jinsiy aloqada bo‘lishni taklif qilganini bildirib, unga nisbatan qonuniy jazo berishni so‘radi.
Sud I.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasining 1-qismida (Shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybli deb topdi va unga shu moddaga asosan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-