Toshkent shahrida Yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda
Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida ham “Dolzarb 40 kunlik” doirasida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonunbuzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun doimiy Ishchi guruhlari tuzilib, o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani boʻlimi masʼul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Yangi Kamolon MFY hududida bir necha fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan 250 kv.m. yer maydonida noqonuniy avtoturargohlar qurilganligini aniqladi.
Qonunchilikda yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirilganda fuqarolar tomonidan o'z xohishi bilan ushbu yer maydonlarining o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.