Buxoroda taqiqlangan dorini sotayotgan shaxs ushlandi

Buxoroda taqiqlangan dorini sotayotgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.T.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.B. xaridorga hech qanday hujjatsiz 20 dona “Gabaten” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan jami 106 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.  
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-