Maymun chechagini eng ko'p yuqtirganl insonlar qaysi davlatlarda ko'p?
Maymun chechagini eng ko'p yuqtirgan insonlar qaysi davlatlarda ko'p?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi ma'lumotiga ko‘ra, 2022-yil boshidan shu kunga qadar 110 ta mamlakatda yashovchi 85,5 ming insonda maymun chechagi virusi aniqlangan. Ulardan 89 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Tahlillarga ko‘ra, shu yil yanvar oyining birinchi yarmida 716 ta yangi kasallanish holati va 9 ta o‘lim ko‘rsatkichi aniqlangan. 23-29-yanvar oralig‘ida esa bemorlar soni 403 nafarga ortgan va bu undan avvalgi haftaga nisbatan 109 ta ko‘proq ko‘rsatkichdir.
Jumladan, mazkur davrda 13 ta
mamlakatda o‘sish dinamikasi kuzatilgan. Ular orasida Meksika yetakchilik qildi.
Umuman, 2022-yil boshidan eng ko‘p bemorlar aniqlangan davlatlar:
AQSH – 29 891;
Braziliya – 10 739;
Ispaniya – 7 518;
Fransiya – 4 128;
Kolumbiya – 4 066;
Meksika – 3 768;
Buyuk Britaniya – 3 735;
Peru – 3 723;
Germaniya – 3 692;
Kanada – 1 460 nafar.