1-sentyabrdan O'zbekistonda asal bog'cha tarbiyalanuvchilari va shifoxonadagi bemorlarning kunlik ratsioniga kiritilishi kutilmoqda

Joriy yil 12-iyun kuni “Asalarichilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va qishloq xo'jaligi ekinlarini asalari bilan changlatishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Unga ko'ra, 2023-yilda 200 ming gektar maydonda paxta hosildorligini oshirish uchun g'o'zani asalari bilan changlatish agrotexnikasi qo'llaniladi.
Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Namangan hamda Farg'ona viloyatlari tajribasi asosida Asalarichilik sanoat markazlari tashkil etiladi.
2024-yildan intensiv mevali bog'larda asalari bilan changlatish agrotexnikasini qo'llash choralari ko'riladi.
2023-yil 1-sentabrdan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va shifoxonalardagi bemorlarning kunlik iste'mol rasioniga asal mahsulotini kiritish masalasi ko'rib chiqiladi.
Har yili 1–10 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Asal bayrami” va “Asalarichilik mahsulotlari” xalqaro ko'rgazmasi o'tkazib boriladi.
Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-