Haydovchilik huquqini muddatidan avval tiklash mumkinmi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 343-moddasiga ko‘ra, muayyan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan yoki ov qilish huquqidan mahrum etilgan shaxs mehnatga halol munosabatda bo‘lishi va namunali xulq-atvori bilan o‘zini ko‘rsatgan taqdirda, unga nisbatan jazo qo‘llagan jinoyat ishlari bo‘yicha sud bunday huquqdan mahrum qilish muddatini belgilangan muddatning kamida yarmi o‘tgach va sud tomonidan tayinlangan jarima to‘langach, korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyatining iltimosi bilan qisqartirishi mumkin.
Shundan kelib chiqib, belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng, agar tashkilot/korxonada ishlasangiz, o‘sha tashkilot rahbari tomonidan sudga iltimosnoma kiritish orqali muddati qisqartirilishi mumkin.