Sotib olgan uyingizni 3 yil ichida qayta sotsangiz, soliq to‘laysiz

Sotib olgan uyingizni 3 yil ichida qayta sotsangiz, soliq to‘laysiz
Sotib olgan uyingizni 3 yil ichida qayta sotsangiz, soliq to‘laysiz

     SKning 378-moddasida jismoniy shaxslarning xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olgan daromadlari soliqqa tortilmaydi deyilgan.  Bundan noturar joylar va o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylar mustasno. Soliq solinadigan baza sifatida mulkning hujjatlar bilan tasdiqlangan sotib olish qiymati va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy fark hisobga olinadi. Sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, mulkning kadastr qiymati va sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy fark hisobga olinadi. SK. 375-modda.

     Masalan, 200 mln. ga sotib olingan kvartira bir yil o‘tib 250 mln. ga sotilsa, soliq solinadigan baza 250 - 200 = 50 mln. so‘m bo‘ladi. Bundan 50 x 12% = 6 mln. so‘m daromad solig‘i to‘lanadi. Agar kvartira 36 oydan keyin sotilsa, hech qanday soliq to‘lanmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-