Endi voyaga yetmaganlarga Umra xizmatlari ko‘rsatilmaydi
Endi voyaga yetmaganlarga Umra xizmatlari ko‘rsatilmaydi
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishda ziyoratchilarning manfaatlarini samarali himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (345-son, 08.08.2023 y. ) qabul qilindi
Unga ko‘ra, “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq turistik faoliyatni amalga oshirish lisenziyasi chiqish turizmi kichik turining alohida faoliyat yo‘nalishi hisoblanib, mazkur faoliyat faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Hamda voyaga yetmaganlarga Umra xizmatlari ko‘rsatilmaydigan bo‘ldi.