Budjet tashkilotlarida maoshlar kechikayotganiga izoh berildi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tashkilotlari xodimlarining dekabr oyidagi maoshi kechikayotganiga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha UzASBO-2 tizimiga o‘tish munosabati bilan tizimda ayrim muammo va uzilishlar kuzatilmoqda.
Bugungi kunda ushbu nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilgan hamda UzASBO-2 tizimi orqali budjet tashkilotlarining dekabr oyi II yarmi uchun 35 foiz budjet tashkilotlarining ish haqlari moliyalashtirib berilishi ta’minlangan.