Buxoro viloyati hokimi ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar bilan muloqot qildi
25-dekabr kuni viloyatni 2025-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2026-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar toʻgʻrisida jamoatchilikka keng axborot berish maqsadida viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.
Buxoro shahridagi Kasbiy koʻnikmalar markazida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida qator ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi Botir Zaripov yig'ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.
Shundan soʻng viloyat rahbari joriy yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shahar va tumanlarda jumladan, qurilish, sogʻliqni saqlash, yoshlar taʼlimi, sport, sayyohlik sohalarida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, joylarda ishsizlikni bartaraf etishda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yildagi ustuvor vazifalar xususida maʼlumot berdi.
Oʻz navbatida, matbuot anjumanida ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan qator savollarga viloyat hokimi hamda mutasaddilardan batafsil javob oldilar.