Navoiyda "Yoshlar bog'i yaratildi"
"Yashil makon" umummilliy loyihasi ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan Zarafshon shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar tomonidan Zarafshon bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi yonida "Yoshlar bogʻi" yaratildi.
Shahar hokimi Nazirbek Rahmanov boshchiligida sektor rahbarlari, shahar Ekologiya bo'limi hamda barcha tegishli tashkilotlar ishtirokida hududda daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Ta'kidlash joizki, ushbu daraxt koʻchatlari tomchilatib sugʻorish tizimi bilan sugʻoriladi.