Boyovut tumanida ham ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda

Boyovut tumanida ham ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda
Mamlakatda ekologik holatni yaxshilash, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish va yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida joriy yilning 25-oktyabridan 1-dekabrigacha butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi o‘tkaziladi. 
 Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Sirdaryoda ham ushbu ishlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Bugun Boyovut tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chat ekish mavsumi start oldi.
Mavsum boshlanishi oldidan tumanida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirokida viloyat ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar tomonidan ekish uchun tuproq hamda iqlim sharoitiga mos mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari tanlanganligi va zaxira mavjudligi, endigi vazifa tayyor ko‘chatlarni belgilangan muddatda, agrotexnologiya talablari asosida o‘tqazish va to‘g‘ri parvarishlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumda Boyovut tumanida 733 ming dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-