Mirzaobodda "Prokuror bog‘i" barpo etildi

Mirzaobodda "Prokuror bog‘i" barpo etildi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida Sirdaryoda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt ko‘chatlarini ekib bog‘ yaratish ishlari avj pallasiga kirgan. Barcha insonlar — keksa-yu yosh, faol va mas’uliyatli fuqoralar ushbu umumilliy loyiha atrofida birlashib, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofi va o‘z hovlisiga daraxt ko‘chatlari ekishmoqda.
E’tiborlisi, viloyat sektor rahbarlari tashbbusi bilan endilikda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB hamda viloyat DSBning o‘z bog‘lari bo‘ladi. 
Bugun Mirzaobod tumani prokuraturasi uchun ajratilgan tumanning "Tinchlik" mahallasi hududidagi bo'sh yer maydonida "Prokuror bog'i" tashkil etilib, sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik ishtirokida 5 xil turdagi 1000 tupdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-