Navoiyda “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizg'in davom etmoqda

Navoiyda “Yashil makon” umummilliy loyihasi qizg'in davom etmoqda
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Xatirchi tumanidagi barcha korxona va tashkilotlar ko'chat ekishda faol qatnashmoqda. Xususan, tumanning "Oltinsoy" mahallasida joylashgan tuman Yo'llardan foydalanish unitar korxonasiga qarashli asfalt ishlab chiqarish zavodi hududidagi yеr maydonida, ushbu loyiha doirasida korxona rahbari J.Jumaеv, tuman Ekologiya bo'limi boshlig'i F.Bobonazarov va ishchi xodimlar tomonidan mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
Ma'lumot uchun, ushbu hududga 250 tub olma,  250 tub shaftoli,  250 tub o'rik ko'chatlari hamda 7000 dona terak qalamchalari o'tqazildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-