Sirdaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida bojxona xodimlari faol ishtirok etishmoqda

Sirdaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumida bojxona xodimlari faol ishtirok etishmoqda
Davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda 2023 yilning 25 oktyabridan 1 dekabrigacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinib, “Yashil makon” loyiha doirasida Respublika hududi boʻyicha 85 million tup koʻchatlar ekilishi belgilab olindi. 
Ushbu loyiha doirasida bojxona xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi va uning tasarrufidagi bojxona obʼektlari hamda viloyatning hududlarida koʻchat ekish ishlari boshlandi. 
Xususan, viloyat bojxona boshqarmasi va “Sirdaryo” chegara bojxona posti hududlariga viloyatning iqlim sharoitiga mos boʻlgan mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-