2025-yildan boshlab doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra, 2025-yildan boshlab Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarni har yillik faoliyati natijalari boʻyicha reyting baholash tartibi joriy etiladi.
2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli maʼlumotlar asosida jamlanadigan ballar yigʻindisiga koʻra amalga oshiradi.
Yagona elektron tizimda toʻplanadigan maʼlumotlar:
🔹 mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar – bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlarida tegishli fanlar boʻyicha toʻplangan ballar (baholari);
🔹 xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha ballar – taʼlimning tegishli sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishiga qarab belgilangan tartibda tabaqalashtirilgan holda.
Yagona elektron tizimda tadqiqot taklifi (research proposal), tadqiqot ishining maqsadi va kutilayotgan natija, tavsiyanomalar va sohaga oid chop etilgan ilmiy maqolalar va boshqalar ham jamlanadi.
2025-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha tanlovlarni tashkil etish, oʻtkazish, saralash va moliyalashtirish Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xorijiy stajirovkaga faqat ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan 35 yoshdan oshmagan xodimlar yuboriladi.