Sirtqi taʼlim shaklidagi 5 yillik pedagogik staj 5 ta yoʻnalish uchun talab etiladigan boʻldi

Sirtqi taʼlim shaklidagi 5 yillik pedagogik staj 5 ta yoʻnalish uchun talab etiladigan boʻldi
Sirtqi taʼlim shaklidagi 5 yillik pedagogik staj 5 ta yoʻnalish uchun talab etiladigan boʻldi

Prezidentning 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi taʼlim yoʻnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha oʻqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan shaxslar qabul qilinadi.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi taʼlim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlandi

- boshlangʻich taʼlim;
- tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
- musiqa taʼlimi;
- jismoniy madaniyat;
- texnologik taʼlim.
Bunda ushbu taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakliga xalq taʼlimi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlib, hozirda ushbu tizimda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtishi belgilandi.

Boshqa taʼlim yoʻnalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtishi mumkin.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-