Organizmda temir yetishmasa, qanday belgilar namoyon bo‘ladi?
Temir organizm uchun muhim element hisoblanib, qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi.
Agar organizmda temir yetishmasa, quyidagi belgilar paydo bo‘ladi:
▫️Tez charchash, uyquchanlik, mehnat qobiliyatining pasayishi;
▫️Tez-tez bosh aylanishi va og‘rishi;
▫️Teri rangsizlanishi;
▫️Oyoq-qo‘llar uvushishi;
▫️Havo yetishmasligi;
▫️Quloqda shovqin;
▫️Ko‘z oldi qorong‘ilashishi;
▫️Taxikardiya, hansirash, ko‘krak sohasida og‘riq;
▫️Tirnoqlar tuzilishining o‘zgarishi;
▫️Sochlar mo‘rtlashib to‘kilishi.