1 kunda 11 daqiqa piyoda yurgan insonda o‘lim xavfi 10 % ga kamayadi

1 kunda 11 daqiqa piyoda yurgan insonda o‘lim xavfi 10 % ga kamayadi
1 kunda 11 daqiqa piyoda yurgan insonda o‘lim xavfi 10 % ga kamayadi

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta o‘lim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqladi.
Buning uchun mazkur yo‘nalishda o‘tkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari o‘rganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish o‘lim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi ma’lumligi aniqlandi.
Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz ko‘proq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-