Milliy gvardiya xodimi bo‘lish uchun qanday imtihonlardan o‘tiladi?
Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o‘qish mumkin. Institut kursanti bo‘lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.
1. Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) yilning 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.
2. Keyin nomzodlarni dastlabki tanlash jarayoni o‘tkaziladi. Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqichda hujjatlar o‘rganiladi, suhbat, tibbiy ko‘rik, 2-bosqichda individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko‘rish, takror tibbiy ko‘rik bo‘ladi.
3. Keyingi yana bir muhim bosqichda hujjatlar tekshiriladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo’yicha suhbat hamda diktant o‘tkaziladi.
So‘nggi bosqichda esa talabgorlardan test sinovi olinadi.