Ohangaronda 22 bosh qo‘yni urib yuborgan Spark yonib ketdi

Ohangaronda 22 bosh qo‘yni urib yuborgan Spark yonib ketdi
19 oktyabr kuni soat taxminan 05:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘tgan D 017 “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 17-kilometrida YTH yuz bergan.
Maʼlum qilinishicha, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi D.Sh. “Spark” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida qatnov qismida bo‘lgan 22 bosh qo‘yni urib yuborgan.
Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng, avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan.
“Hodisa oqibatida haydovchini sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov to‘liq yonib ketgan va 22 bosh qo‘y nobud bo‘lgan” , -deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-