Samarqandda 49 kishi hot-dogdan zaharlandi

Samarqand shahrida 49 kishi tez ovqatlanish kafesida tayyorlangan taomdan zaharlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi. Bu haqda STV telekanalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, bir oilaning to‘rt nafar a’zosi shaharning Rudakiy ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish markazida hot-dog iste’mol qilgan. Ularning uch nafari — voyaga yetmagan bolalar kechga yaqin ko‘ngil aynishi, tana haroratining ko‘tarilishi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Shifoxonaga 49 kishi yotqizilgan. Bemorlarning barchasi shahar markazida joylashgan Fast-food markazida hot-dog iste’mol qilganidan keyin sog‘lig‘ida o‘zgarishlar kuzatilganini aytgan.
Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafarida muolajalar davom ettirilmoqda. Shifikorning so‘zlariga ko‘ra, ularning ahvoli ancha yaxshi.