Romitanda yangi mahalla tibbiyot punkti ish boshladi
Romitanda yangi mahalla tibbiyot punkti ish boshladi
Tumanning Bog‘iturkon mahallasining olis Pinjon, Boyish, Urganji, Qiyoton qishloqlari aholisi uchun 37-oilaviy poliklinikaga borish uzoqlik qilardi.
Yaqinda ish boshlagan ushbu mahalla tibbiyot punkti 2 ming nafarga yaqin aholiga malakali birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
Maskanning ochilish marosimida tuman hokimi o‘rinbosari Fuzuliy Salomov,
Tibbiyot birlashmasi rahbari Jamshid Tohirov, “Romitannoma” gazetasi bosh muharriri Maxfirat Atoyeva va boshqalar so'zga chiqib, yangi tibbiyot punkti aholiga namunali xizmat qilishini ta’kidlab o'tdilar.
Tonggi 08:00 dan kechgi 20:00 gacha fuqarolarga xizmatida bo‘ladigan tibbiyot punkti ikki kunduzgi bemor o‘rniga, zarur tibbiy asbob uskunalarga. ega.