Xorazmda maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi

Xorazmda maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi

Xorazmda maktab o‘quvchilari sholi o‘rimiga jalb qilindi


Joriy yilning 1-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida o‘quvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani aytilgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarda Qo‘shko‘pir tumani 19-son maktab o‘quvchilari direktor tomonidan sholi ekini ekilgan yer maydoniga ishlash uchun yuborilgani keltirilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan vakolatli tashkilotlar hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilgan. Ushbu vaziyat o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilingan.
O‘rganish natijasida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilinganligi holati o‘z tasdig‘ini topmagan.

Shuningdek, hozirda vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-