Andijonda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Andijonda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Andijonda tarbiyachi bog‘cha bolalarini urgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Joriy yilning 1 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "MuhammadYusuf bolajonlari" bog‘chasidagi tarbiyachilarni kim oladi sarlavhasi ostidagi video tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Marhamat tumanidagi "MuhammadYusuf bolajonlar" Nodavlat tashkilotida sodir bo‘lgan. Videoda tarbiyachi bir nechta bolalarni esnab o‘tirganlikda ayblab, ularning boshiga urib chiqqan.
"Mazkur holat darhaqiqat Andijon viloyati Marhamat tumanidagi" MuhammadYusuf bolajonlari" Nodavlat ta’lim tashkilotida sodir bo‘lib, ushbu holatga yo‘l qo‘ygan ta’lim tashkiloti tarbiyachisi egallab turgan lavozimidan ozod etildi", – deyiladi rasmiy munosabatda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-