Fuqarolar temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruhsat beriladi

Fuqarolar temir yo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruhsat beriladi
O‘zbekistonda endilikda temiryo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ axborot xizmati.
Vazirlar Mahkamasining 17-apreldagi 159-son qaroriga muvofiq fuqarolar temiryo‘l vokzallariga shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz kirishlariga ruxsat beriladi. Temiryo‘l vokzallariga tashrif buyuruvchilar endilikda soddalashtirilgan holda, ya’ni shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz vokzal hududiga kirishlari mumkin.

Chiptalari yo‘q shaxslar, shuningdek, chiptada ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo‘lmagan fuqarolarning yo‘lovchilar platformasi-perronga va yo‘lovchi tashish vagonlariga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-