"Umuman shaytondan farqi yo‘q ayol edi" – Shahrisabzda 7 oy davomida majburiy ravishda jinsiy aloqaga majburlangan qiz boshidan o‘tganlarini aytib berdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Kitob tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan psixolog va pedagoglardan iborat ishchi guruh bugungi kunda voyaga yetmagan T.Ch.ning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash hamda mazkur holatning kelib chiqish sabablari hamda uni bartaraf etish choralari yuzasidan “Ijtimoiy ish” ochilib, holat yuzasidan kompleks o‘rganishlar davom ettirilmoqda.
Voyaga yetmagan T.Ch. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi otasi Gʻ.J.ning qaramog‘ida ekanligi, onasi X.S. 2023 yil yanvar oyida Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketganligi va bugungi kungacha yashash manziliga qaytib kelmaganligi aniqlangan.
T.Ch.ning tog‘asi X.M. tomonidan qilingan murojaatga asosan, 2023 yilning may oyidan Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.A. o‘zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagani yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlariga kirishilgan.